Dunyo bo‘ylab bir-biridan farq qiluvchi uch xil turdagi COVID-19 tarqalmoqda

Dunyo bo‘ylab bir-biridan farq qiluvchi uch xil turdagi COVID-19 tarqalmoqda

Koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalib borishi davomida mutatsiyaga uchragan. Hozirgi vaqtga kelib dunyoda uchta turdagi COVID-19 mavjud.

Yangi turdagi koronavirusning «genetik tarixi»ni tahlil qilib o‘rganishgan Kembrij tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishgan.

Olimlar jamoasi 2019 yil 24 dekabrdan 2020 yil 4 martgacha bo‘lgan davri ichidagi, butun dunyo bo‘ylab tanlab olingan 160 ta to‘liq virus genlarini tahlil qilishdi. Tadqiqotchilar COVID-19 ning uchta turli «variantlarini» aniqladilar va ularga A, V va C belgilarini qo‘yishdi.

Shtammlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, ko‘rshapalaklardan kaltakesaklar orqali odamlarga yuqqan dastlabki- A virus, – Xitoyda eng keng tarqalgan virus emas. Bunday turlarning juz’iy o‘zgarishi odatda AQSh va Avstraliyada uchraydi. A turdagisi ko‘rinishidan, V turdagi bilan mutatsiyaga uchraganga o‘xshaydi.

Virus genotiplarini o‘rganish natijasiga ko‘ra, Xitoyda epidemiyani tarqalishiga V turi sababchi bo‘lgan. Ushbu variant asosan Osiyo uchun xosdir, u boshqa mutatsiyalarsiz mintaqadan tashqariga chiqmadi. Virusning C turi, V turidagi «sho‘’ba shtammlar», hozirda Xitoydan tashqarida paydo bo‘lgan va asosan Yevropada yashovchilarda uchraydi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Buyuk Britaniyadagi koronavirus epidemiyasi, katta ehtimol bilan, Xitoydan emas, balki Singapur, Koreya Respublikasi yoki Gonkongdan kelgan bo‘lishi mumkin.

Olimlarning fikriga ko‘ra, rasman SARS-CoV-2 deb nomlangan virus har xil populyasiyalarda immun tizimining barqarorligini yo‘qotish uchun mutatsiyaga uchraydi.

Tadqiqot g‘ayri oddiy bir vaziyatni aniqladi, original A shtammi AQShning G‘arbiy sohili bo‘ylab tarqaldi, ammo u Xitoyda eng keng tarqalgan V shtammi emas edi. Olimlar koronavirus mutatsiyada davom etayotganini ta’kidlamoqdalar.

Tadqiqot natijalari kelajakda kasallik tarqalish epitsentrlarini bashorat qilishga yordam beradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar