Energetika vazirligi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin bir narxda sotilmasligiga izoh berdi

Energetika vazirligi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin bir narxda sotilmasligiga izoh berdi

Energetika vazirligi nima uchun turli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin bir narxda sotilmasligi, olib kirilayotgan benzin partiyasi esa mahalliy benzindan ba’zida arzonroq bo‘lishi mumkinligiga izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda 2020 yil 1 maydan boshlab turli markadagi benzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan, endilikda ular birja orqali sotilmoqda.

Shundan kelib chiqib, 1 mayidan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, jumladan, AYoQShlar benzinni birja savdolari orqali sotib olmoqda, benzin narxlari turli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida farq qilishi mumkin. Chunki bu u har bir AYoQSh tomonidan qanchaga sotib olinganiga bog‘liq.

Shu tariqa, benzin narxining shakllanishi O‘zbekiston Energetika vazirligi yoki boshqa davlat tuzilmalariga emas, balki ishlab chiqaruvchi (ma’lum bir neftni qayta ishlash zavodi)ning boshlang‘ich bahosi, taklif (birja savdolariga qancha benzin qo‘yilgan) va unga bo‘lgan talab (xaridorlar qancha sotib olishi)ga bog‘liq.

Avval O‘zbekistonda turli markadagi benzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari davlat tomonidan tartibga solinar edi. 1 maydan boshlab, ya’ni mazkur bozor mexanizmi joriy etilgandan buyon o‘tgan yarim yildan ortiq vaqtdan beri mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari avtomobil benzinini faqat birja savdolari orqali sotmoqda.

Import qilingan benzin partiyalari ham savdolar orqali sotiladi va agar bunday benzin O‘zbekistonga olib kirilib, haqiqatdan ham savdolarga ancha past narxda qo‘yilishi mumkin. AYoQShlar bunday benzinni bu partiya tugamaguncha sotishlari mumkin. Bu yerda so‘z bir marttalik yetkazib berish va import qilinayotgan benzin yetkazib beruvchining har bir partiyaga oid kelishuvi to‘g‘risida so‘z bormoqda. Bu bozor munosabatlaridan dalolatdir, bunda xuddi shu AYoQSh tomonidan qanday benzin qanday narxda sotilishi faqat birjaga bog‘liq bo‘ladi.

Shu tariqa, benzin va dizel yoqilg‘isini sotishning bozor mexanizmi neftni qayta ishlash zavodlari va AYoQShlarga sog‘lom raqobat sharoitida faoliyat yuritish imkon beradi. Ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda benzin narxining oshishi yoki kamayishi ma’lum bir talab va taklifga bog‘liq. Xususan, bozor mexanizmi joriy etilganidan so‘ng, 3 mayning o‘zidayoq «O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJda o‘tkazilgan savdolar savdoga qo‘yilgan benzin narxi tushganini ko‘rsatdi.

Birja savdolarida «O‘zbekneftgaz» AJ neft bazalari, avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va o‘z ehtiyoji uchun benzin sotib oluvchi yuridik shaxslar ishtirok etadi. Savdolar erkin, shaffof va barcha toifadagi xarid qiluvchilar uchun teng sharoitda o‘tkaziladi.

Benzinni sotishning bozor mexanizmini joriy etilishi mazkur jarayonning shaffofligini kuchaytirdi, deyiladi vazirlik tushuntirishida.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar