Yoshlar ishlari agentligi yordamida BMTning “Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi” qo‘shma dasturi O‘zbekistondagi mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari orasida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan eng dolzarb loyihalar uchun 10.000 AQSh dollarigacha grantlar taqdim etiladi.
Grantni kim olishi mumkin: O‘zbekistondagi mahalliy NNTlar.
Arizalarni topshirish tartibi:
1. @nntloyiha_bot telegram boti arizani ko‘chirib/yuklab oling;
2. Ko‘chirilgan arizani to‘liq to‘ldirib, NNTning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma bilan birga maxsus sahifa orqali yuboring.
Diqqat! Arizalar 2021 yil 10 avgust soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotlarni un4youth@gmail.com pochta manziliga murojaat yozib bilib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish