O‘zbekiston YeOIIdan tashqarida bo‘lgan mamlakatlar bilan ham yaqin iqtisodiy va savdo munosabatlarini saqlab qolishga intilmoqda, dedi O‘zbekistonning Niderlanddagi elchisi.
O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan hamkorlik qilishi boshqa ittifoqlar bilan tuzgan shartnomalaridan voz kechishi degani emas, dedi O‘zbekistonning Niderlanddagi elchisi Dilyor Hakimov Broyusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Elchi so‘zlariga ko‘ra O‘zbekiston o‘z milliy manfaatlariga asoslangan, ochiq, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosat olib bormoqda. Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish - ushbu siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
“O‘zbekiston, o‘zining yangi iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va integratsion uyushmalar bilan hamkorlikda o‘zini cheklab qo‘ymoqchi emas”, - deyilgan xabarda.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikka kelganda “gap faqat iqtisodiy hamkorlik haqida” ketmoqda. Ittifoqdagi Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya O‘zbekiston uchun bozorning yirik ishtirokchilari va muhim tranzit koridori sifatida qiziq. O‘zbekiston uchun YeOII davlatlari bilan mehnat migratsiyasi borasida ham hamkorlikni kuchaytirish katta ahamiyatga ega, deydi elchi.
Shuningdek, diplomat, O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lmagan boshqa mamlakatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlari bilan ham yaqin, hamkorlik munosabatlarini saqlab qolish va rivojlantirish tarafdori ekanini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil kuzida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikani Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalalasini o‘rganib chiqishni topshirgan edi.
Izoh qoldirish