Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga pandemiyaga qarshi kurash uchun ko‘mak ajratishini ma’lum qildi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga pandemiyaga qarshi kurash uchun ko‘mak ajratishini ma’lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 aprel kuni Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi, birinchi navbatda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni qabul qilishga tayyorgarlikni yil yakuniga qadar yakunlash maqsadida ushbu hujjat loyihasi bo‘yicha faol muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.

Yevropa kengashi Prezidenti O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash va pandemiyaning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan mislsiz qat’iy chora-tadbirlarni yuksak baholadi va to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Sharl Mishel Yevropa Ittifoqi ushbu global xatarga qarshi kurashishda O‘zbekistonga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi, mamlakatimizga ushbu maqsadlar uchun moliyaviy-texnik ko‘mak ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar qildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar