Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi

«Biz odamlarga Facebook'da ular ko‘rayotgan xabar ortida kim turganini tushunishda yordam berishni xohlaymiz», deydi tarmoq kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i.

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni aniqlash uchun bir nechta belgilarga e’tibor qaratadi. Shu jumladan:

  • tashkiliy tuzilma, ya’ni aksiyadorlar, hamkorlar, tashkilot boshqaruv kengashi a’zolari, rahbariyati, davlat tomonidan tayinlanadigan rahbarlar;
  • manbalarni ko‘rsatishdagi shaffoflik, mustaqillik va xilma-xillik kabi tahririyat qoidalari;
  • taxririyat boshqaruvi va xodimlari xaqidagi ma’lumotlar;
  • moliyalashtirish manbalari;
  • tuzatish choralari, shikoyat qilish tartibi, tashqi baholash va nazorat kengashlari kabi boshqaruv va javobgarlik mexanizmlari.

Agar tashkilot Facebook qaroriga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etib, apellyasiya berishi mumkin.

Belgilar «Ad Library Page», «Pages» oynasida va «Page Transparency» (sahifa shaffofligi) bo‘limida aks ettiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar