O‘zbekistonda IT-kompaniyalar qancha soliq to‘laydi
Facebook, Google, Apple, Netflix va boshqa IT-kompaniyalar O‘zbekistonda 4,3 mlrd. so‘mlik QQS to‘lashgan.
2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 26 ta xorijiy QQS to‘lovchilari ro‘yxatga olindi (ro‘yxat).
2021 yil I chorakda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekiston davlati byudjetiga 4,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
O‘tgan 2020 yilda esa xorijiy kompaniyalar to‘lagan soliqlar miqdori quyidagicha:
▫️ Facebook — 5 mlrd 981 mln so‘m;
▫️ Google — 3 mlrd 453 mln so‘m;
▫️ Apple — 1 mlrd 934 mln so‘m;
▫️ Netflix — 190 mln so‘m;
▫️ BookingCom — 181 mln so‘m;
▫️ Yandeks — 136 mln so‘m.
Izoh qoldirish