Farg‘ona viloyatining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha demografik holati tahlili

Farg‘ona viloyatining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha demografik holati tahlili

2022 yilning 1 oktyabr holatiga Farg‘ona viloyatida doimiy yashovchi aholi soni joriy yil boshiga nisbatan 57,8 ming kishiga (1,4%) ko‘payib, jami 3 954,2 ming kishini tashkil etti. Xususan, shahar aholisi 2 220 ming kishiga (jami aholining 56%), qishloq aholisi esa 1 734 ming (jami alohiling 44%) kishiga yetti. Farg‘ona viloyati aholi soni bo‘yicha respublikada Samarqanddan keyin (4 095 ming) 2-o‘rinni egalladi.

Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga mehnatga layoqatli aholi, viloyat doimiy aholising 57%ini, mexnatga layoqatli yoshdan kichiklar 31,1%ni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,9%ni tashkil qilgan. Xususan jins va yosh guruhlari bo‘yicha (5 yillik intervalda) qilingan tahlilda, erkaklar va ayollar tarkibida 4 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholining asosiy qatlamini shakllantirib(erkaklar - 11,4%, ayollar – 10,7%), umumiy 223 ming kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga aholi sonining taqsimlanishi, 1 994 ming erkaklar (50,4%), 1 960 ming (49,6%) nafar ayollar hissasiga to‘g‘ri keldi. Hududlar kesimi bo‘yicha qaralganda, Farg‘ona shahri (304 ming), Quva (269 ming) va Qo‘qon shaharlari (263 ming) viloyatdagi eng ko‘ng aholi istiqomat qiluvchi hududlar hisoblanadi.

Viloyat bo‘yicha 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 585 kishi to‘g‘ri kelib, Qo‘qon shahri (7 109 kishi), Marg‘ilon shahri (5 992 kishi) va Farg‘ona shahri (3 031 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kiradi.

2022 yilning dastlabki 9 oyi davrida, tug‘ilishlar soni 74,1 mingtani, o‘limlar soni 14,1 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 21 mingtani va nikohdan ajralishlar 4 mingtani tashkil etgan.

Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 6,8 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan va 8,9 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan.

Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar