Farg‘ona viloyatining 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili

Farg‘ona viloyatining 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili

Ushbu davrda Farg‘ona viloyati yalpi hududiy mahsuloti hajmi 39 665,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,7%ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 6,9% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 10 105,2 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7%ga oshgan.

YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat, iste’mol tovarlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarinig hajmi mos ravishda 21 831,8 mlrd. so‘m, 7 282,6 mlrd. so‘m va 24 119,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan mos ravishda 6,0%, 10,8% va 3,7%ga o‘sgan.

Hisobot davrida xizmatlar hajmi 15 878,8 mlrd. so‘m (respublikadagi ulushi 6,4%), chakana savdo aylanmasi 17 453,9 mlrd. so‘m (8,5%) hamda qurulish ishlari hajmi 6 204,5 mlrd. so‘mni (6,9%) tashkil qilgan. O‘sish sur’atlari xizmatlar sohasida – 14,5%, chakana savdo aylanmasida – 9,8%, qurilish ishlarida – 10,8%ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga 10 715,8 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, mos davrga nisbatan 12,4%ga o‘sgan. Viloyatda yanvar-sentyabr oylari yakuni bo‘yicha 6 803 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etilgan.

Viloyatning resublika tashqi savdosi hajmidagi ulushi 4,5% ni tashkil qilgan, ammo o‘tgan yilning shu davrga nisbatan 16,0% ga oshgan. Bunda 640,3 mln. dollarlik eksport va 925,5 mln. dollarlik import amalga oshirilgan. 2022 yilning dastlabki 9 oyi mobaynida eksport va import hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan mos ravishda 9,2% va 21,2%ga ko‘paygan.

Akbarali Abdurahmonov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar