Farg‘ona viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylari bo‘yicha demografik holati tahlil qilindi

Farg‘ona viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylari bo‘yicha demografik holati tahlil qilindi

2023 yilning 1-aprel holatiga, Farg‘ona viloyatida doimiy yashovchi aholi soni yil boshiga nisbatan 81,4 ming kishiga (2,1%) ko‘payib, jami 3 995 ming kishini tashkil etgan. Xususan, shahar aholisi 2 274 ming kishiga (jami aholining 57%), qishloq aholisi esa 1 721 ming (jami alohiling 43,1%) kishiga yetgan. Aholi soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati respublikada Samarqanddan keyin (4 138 ming) 2-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning 1-aprel holatiga aholi sonining taqsimlanishi, 2 015 ming nafar erkaklar (50,4%), 1 980 ming nafar ayollar (49,6%) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududlar kesimi bo‘yicha qaralganda, Farg‘ona shahri (316 ming), Qo‘qon (305 ming) va Marg‘ilon shaharlari (248 ming) viloyatdagi eng ko‘ng aholi istiqomat qiluvchi, Yozyovon (117 ming), Quvasoy (99 ming), So‘x (82 ming) viloyatlari esa viloyatdagi kam aholi istiqomat qiluvchi hududlar hisoblanadi.

Viloyat doimiy aholisi sonining 30%i mexnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 57% mexnatga layoqatli yoshdagilar va 13%i mexnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Viloyat bo‘yicha 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 591 kishi to‘g‘ri kelib, Marg‘ilon shahri (6 041 kishi), Farg‘ona shahri (2 126 kishi) va Uchko‘prik tumani (1 019 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kiradi.

2023 yil yanvar-mart oylari davomida, tug‘ilishlar soni 23,4 mingtani, o‘limlar soni 4,3 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 4,5 mingtani va nikohdan ajralishlar 1,7 mingtani tashkil etgan.

Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 2,1 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan va 2,7 ming kishi doimiy yashash maqsadida viloyatdan ko‘chib ketgan.

Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy hodimi
Tel: +99893 619 11 55

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar