Tahlil natijalariga ko‘ra, 2024 yilning I choragida Farg‘ona viloyatining tashqi savdo aylanmasi (TSA) hajmi $393 mln.ni shundan, eksport $134 mln. (tovarlar - $132 mln. , xizmatlar - $2 mln.) va import $259 mln. (tovarlar - $258 mln. , xizmatlar - $1 mln.)ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha Toshkent shahri ($6 093 mln.), Toshkent viloyati ($1 181 mln.), Andijon ($1 132 mln.), Samarqand ($736 mln.) va Jizzax ($492 mln.) dan keyin 6-o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan $46 mln. ga yoki 10,5% (eksport – 4,0% (ortgan), import – -16,5% (kamaygan))ga kamaygan.
Hozirgi kunda, Farg‘ona viloyati jahonning 68 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 6 ta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan bo‘lib, Rossiya, Afg‘oniston, Turkiya shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlat bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
2023 yil yanvar-mart oylarida MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi - $161 mln.ni, dunyoning boshqa davlatlari bilan esa $232 mln.ni tashkil qilgan.
Mamlakatlar kesimida qaralganda, Farg‘ona viloyatining asosiy eksport ulushi Rossiya ($45 mln.), Turkiya ($23 mln.), Afg‘oniston ($15 mln.), Xitoy ($13 mln.) va Eron ($11 mln.) davlatlari xissasiga, asosiy import ulushi esa Xitoy ($109 mln.), Qozog‘iston ($46 mln.), Rossiya ($34 mln.) va Qirg‘iziston ($12 mln.) davlatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyatdagi shahar va tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi tahlil qilinganda, Qo‘qon shahri ($90 mln.), Uchko‘prik tumani ($68 mln.) va Farg‘ona shahri ($68 mln.) yuqori ulush bilan oldingi o‘rinlarni egallagan.
Xususan, 2023 yil I chorakda viloyatda jami eksportyorlar soni 403 tani tashkil qilib, maxsulot va xizmatlar eksportida, Uchko‘prik tumani ($27 mln.), Qo‘shtepa tumani ($26 mln.) va Farg‘ona shahri ($15 mln.) yaxshi natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa, Qo‘qon shahri ($80 mln.), Farg‘ona shahri ($53 mln.) va Uchko‘prik tumani ($41 mln.) import faoliyati bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichlarni qayd etgan.
Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini sanoat tovarlari (48,9%), oziq-ovqat maxsulotlari va tirik hayvonlar (25,8%), turli xil tayyor buyumlar (12,5%) tashkil etgan. Sanoat tovarlari (27,1%), texnika vositalari va transport asbob-uskunalari (26,5%), va oziq-ovqat maxsulotlari va tirik hayvonlar (19,3%) import qilingan tovarlarning asosiy qismini tashkil qilgan.
Baxodir Xolmirzayev
Izoh qoldirish