Gulistonda Turkiya tibbiyot oliygohi filiali ochiladi

Gulistonda Turkiya tibbiyot oliygohi filiali ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sirdaryo viloyatida "Guliston tibbiyot klasteri" hamda xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, Gulistonda tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohi tashkil etilishi, unda Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti filialini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi, deb xabar qilmoqda Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur filial ta’lim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, filialda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish jarayoni 3+3 (3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada) tashkil etiladi, bunda 30 foiz talabalar universitet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan grantlar asosida o‘qitiladi.

Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadigan ushbu filialda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, davlat va ingliz tillarida amalga oshiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar