Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istagini bildirdi

Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istagini bildirdi

9 iyul kuni O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi "UNO MINDA" kompaniyasi raisi va boshqaruvchi direktori Nirmal Minda bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda elchixona axborot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar chog‘ida mazkur kompaniya O‘zbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, kelajakda esa boshqa ehtiyot qismlarni (klakson va dinamik) ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

Ma’lumot uchun, "UNO MINDA" 1958 yilda tashkil etilgan bo‘lib, avtomobillar, ikki va uch g‘ildirakli transport vositalari uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya Hindiston, Indoneziya, Vetnam, Ispaniya, Marokash, Meksika va Kolumbiyada 62 ta ishlab chiqarish ob’yektlariga ega.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar