Ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam kimlarga beriladi?

Ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam kimlarga beriladi?

Pensiya jamg‘armasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizomga asosan kam ta’minlangan deb belgilangan oila ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega.

«Yagona reyestr» AT tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, 2 yoshgacha bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlangan yoki rad qilinganligini aniqlash uchun fuqarolar Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga borishi talab qilinmaydi.

Belgilangan mezonlar asosida tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlanganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida, ariza beruvchiga sabablari ko‘rsatilgan holda elektron bildirishnoma (arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS shaklida) yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Hukumatning tegishli qaroriga asosan, 2020 yil 1 mayga qadar Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda, 2020 yil 1 maydan boshlab esa “Yagona reyestr” AT orqali to‘lab boshlangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar