Infografika: 2022 yilda Jizzax viloyatini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari

Infografika: 2022 yilda Jizzax viloyatini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98 qarori bilan 2022 yilda Jizzax viloyatida qiymati 987 416,7 mln.so‘m bo‘lgan 140 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.

Belgilangan mablag‘larning 37,6% (371,4 mlrd.so‘m) ijtimoiy sohadagi 49 ta 19,6% (193,4 mlrd.so‘m) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi 19 ta 18,1% (179,2 mlrd.so‘m) irrigatsiya melioratsiya tadbirlari doirasidagi 41 ta 12,9% (127,1 mlrd.so‘m) mahallalarni rivojlantirish dasturlari uchun, 3,0% (30,0 mlrd.so‘m) yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasidagi 1 ta va 8,7% (86,3 mlrd.so‘m) boshqa tadbirlar doirasidagi 30 ta loyihalarga ajratilgan.

Dastur doirasida 6 ta umumta’lim maktablari, 4 ta maktabgacha ta’lim muassalari 4 ta tibbiyot muassasalari, 1 ta futbol akademiyasi, 241,3 km ichimlik suvi tarmoqlari va 13 ta suv inshoatlari, 2 ta ko‘p qavatli uylar uchun qozonxona, 1 ta yo‘l o‘tkazgich yangi qurilishi rejalashtirilgan.

Ulug‘bek Xujakulov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali Bosh ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar