Infografika: Jizzax viloyatining 2023 yil uchun mahalliy byudjeti tarkibi

Infografika: Jizzax viloyatining 2023 yil uchun mahalliy byudjeti tarkibi

Jizzax viloyatining 2023 yil uchun mahalliy byudjet xarajatlari 3 469 mlrd. so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu xarajatlarning 56 foizi (1 948,2 mlrd. so‘m) viloyat mahalliy byudjeti daromadlari hisobidan, 37 foizi (1 284,4 mlrd so‘m) respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar hamda 7 foizi (236,7 mlrd.so‘m) esa aksiz soliqlari hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan.

2023 yilda Yalpi hududiy mahsulot 29,55 trln.so‘m bo‘lishi reja qilinib, 2022 yilga nisbatan 5,2 foizga o‘sishi ko‘rsatib o‘tilgan. YaHM 2024 yilda 7,1 foizga va 2025 yilda 7,4 foizga o‘sishi mo‘ljallangan.

Viloyatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblangan sanoat sohasining o‘sish sur’ati 2023 yilda 107,9%, qishloq xo‘jaligi sohasining o‘sish sur’ati 103,3% hamda chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 111,5% bo‘lishi rejalashtirilgan.

Viloyat byudjetining daromad qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (29%), yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (15%), noruda qurilish materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (12%), korxonalar aylanmasidan soliq (9%), jarimalar (7%), davlat bojlari (7%), yuridik shaxslar solig‘i (7%) va boshqa daromadlar hisobidan shakllanadi.

2023 yilda viloyat byudjetidan tashkilot va muassalarga taqsimlangan mablag‘lar miqdori 1 422,6 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar – Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (33%), Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (12%), Mahallalar infratuzilmasi (10%), Xalq ta’limi boshqarmasi (10%), Prezident ta’lim muassasalari (5%), Sport (4%) va Madaniyat boshqamasi (2%) hisoblanadi.

Rahimov Feruz
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali mudiri
E-mail: f.rakhimov@cerr.uz

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar