Markaziy Osiyo davlatlarining viloyat tashqi savdosidagi ulushi 205,8 mln. dollarni yoki umumiy tashqi savdo aylanmasining 18,9% tashkil etdi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2021 yilda (2020 yilga nisbatan) import hajmi 43%ga o‘sgan, eksport hajmi esa 15,3%ga pasaygan.
Namangan viloyatining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasida 2021 yilda (2020 yilga nisbatan) eng katta o‘zgarish Turkmaniston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, 2020 yilning mos davriga nisbatan 2021 yilda import hajmi 188%ga o‘sgan bo‘lsa, eksport hajmi 51%ga o‘sgan. Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan eksport hajmida mos ravishda 7% va 23%ga pasayish yuz bergan.
2021 yil yakuniga ko‘ra, Namangan viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasidagi hajmi:
- Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasida salmoqli ulush Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri keladi, uning hissasi 108,3 mln. dollarni tashkil etgan. Eksport hajmi 41,2 mln. dollarga, import hajmi esa 67,1 mln dollarga yetgan;
- Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 79,0mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 69,1mln.dollar, import hajmi yesa 9,9mln dollarga yetgan;
- Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 11,9 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 4,9 mln. dollarga, import hajmi esa 7,0 mln dollarga yetdi.
Viloyatning tashqi savdosida eng kam ulushi Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasiga to‘g‘ri kelib, 6,5 mln. dollarni tashkil etgan. Eksport va import hajmi mos ravishda 4,9 mln. va 1,6 mln dollarga yetdi.
Izoh qoldirish