Infografika: Navoiy viloyatida 2022 yil yakunlarida assosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

Infografika: Navoiy viloyatida 2022 yil yakunlarida assosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 19,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Viloyatda investitsiyalar o‘zlashtirilishida keskin differensiallik saqlanib qolgan. Xususan, kiritilgan investitsiyalarning 63%i viloyatning 3 ta hududi – Navoiy sh. (28%), Tomdi (22%) va Zarafshon sh. (13,5%) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xatirchi (6%), Qiziltepa (4%), Navbahor (3%), Konimex (3%), Uchquduq (1%) va G‘ozg‘on shahri (1%) tumanlarida investitsiyalar oqimining pastligi kuzatilgan.

Hududlarda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar natijasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Nurota (3,2 baravar), G‘azg‘on sh. (1,6 baravar), Qiziltepa (1,6 baravar), Zarafshon sh. (1,6 baravar) va Navoiy sh. (1,4 baravar) o‘sish darajasi qayd etilgan. Lekin, Uchquduq (90%) va Konimex (41%) investitsiyalar oqimining pasayish tendensiyasi kuzatilgan.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 18 566,2 ming so‘mni (Respublika ko‘rsatkichidan 10 996,1 ming so‘m ko‘p), o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27%ni tashkil qilgan holda respublika hududlari orasida 4-o‘rinni egallagan.

Tuman (shahar)lar kesimida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha Tomdi tumani (15 baravar), Navoiy (1,9 baravar) va Zarafshon (1,7 baravar) shaharlarining ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan. Uchquduq (3 baravar), Xatirchi (3,4 baravar), Qiziltepa (3,7 baravar) va Navbahor (4,3 baravar) tumanlari ko‘rsatkichining viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan pastligi qayd etilgan.

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha ham tumanlar o‘rtasida keskin tavofutning mavjudligi kuzatilgan. Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilingan Tomdi tumanida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya hajmi Navbahor tumaniga nisbatan 63 baravar va Qiziltepa tumaniga nisbatan 55 baravarga ziyoddir.

Markazlashmagan moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 33,6%i korxona mablag‘lari, 55%i xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 10,8%i aholi mablag‘lari va 0,6%i bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar