2022 yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 4 893,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2%ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 293,9 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 6%ni (o‘sish sur’ati 76,9%), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 4 599,9 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 87%ni (o‘sish sur’ati 108,8%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 344,4 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 7%ni (o‘sish sur’ati 117,6%) tashkil etdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi 3 241,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,5%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 431,5 mlrd. so‘mni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 142,5%ga oshgan) tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi hajmining 2017-2019 yillarda o‘sish sur’ati kuzatilgan bo‘lsa, 2020 yilda pasaygan. 2020 yildan boshlab 2021 yil yakuniga qadar o‘sish kuzatilgan. 2021 yildan 2022 yil yakuniga kelib yana pasayish kuzatilgan.
Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2017-2022 yillar oralig‘ida 2 269,4 ming so‘mdan 5 513,6 ming so‘mgacha o‘sishi kuzatilib, deyarli 2,5 baravarni tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Guliston shahrida 18 788,9 ming so‘m, Yangiyer shahrida 10 466,4 ming so‘m hamda Sirdaryo tumanida 7 584,7 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Xovos tumanida 1 354,4 ming so‘m va Boyovut tumanida 1 986 ming so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish