Ekspertlar viloyatning so‘nggi yilda yuz bergan faol islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlarini taqdim etdi.
Buxoro viloyati mamlakat viloyatlari ichida, o‘z hududi bo‘yicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qulay geografik joylashuvi tufayli tarixiy obidalari, boy tabiiy resurslari, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, sanoat, logistika va agrosanoat sohasidagi ilg‘or tajribalar izchil rivojlanmoqda.
So‘nggi yillarda Buxoro viloyatida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yirik sanoat korxonalari soni sezilarli darajada oshdi, aloqa o‘rnatildi, ijtimoiy ob’yektlar va ko‘p qavatli uy-joylar qurildi.
Qishloq xo‘jaligining Yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 43,7% ni tashkil etadi. Viloyatda sanoat, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohalarida katta salohiyat mavjud.
2017-2020 yillar davomida viloyat Yalpi ichki mahsuloti (YaHM) 17% dan 31,5 trln. so‘mga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5,6 trln. so‘mdan 17,8 trln. so‘mga (11% o‘sish) oshdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 12% ga, 2016 yildagi 10 trln. so‘mdan 2020 yilda 24,4 trln. so‘mgacha o‘sdi.
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2016 yildagi 59 mingdan 2020 yilda 21,4 minggacha 33,9 foizga o‘sdi.
Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 92 km gaz quvirlari va 2045 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi.
Pandemiya davrida Buxoro viloyatiga xorijdan qaytib kelgan 8 ming fuqarodan 7 ming nafari ish bilan ta’minlandi.
Besh yil mobaynida 129 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.
Shu davr mobaynida viloyatda 5 424 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 9,2 ming o‘rinli, maktablarda 42,4 ming o‘rinli, shifoxonalarda 2,3 ming o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar joylashtirildi.
2021-2022 yillarda amalga oshirish uchun Buxoro viloyati bo‘yicha qariyb 19 trln. so‘mlik 713 ta investitsiya loyihasi shakllantirildi. Ularning 555 tasi joriy yilda amalga oshirilib, 14 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Tel.: (+998) 78 150-02-02 (417)
Izoh qoldirish