Infografika: O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan 9 yildagi savdo-investitsiya hamkorligi

Infografika: O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan 9 yildagi savdo-investitsiya hamkorligi

O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan savdosi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qiladi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda ikki tomonlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sezilarli darajada kengaydi.

2016–2025 yillarda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 7 barobar oshdi va 2025 yilda 1,2 mlrd dollarga yetdi.

2025 yilda O‘zbekistonning Qirg‘izistonga eksporti 771,1 mln dollarni, Qirg‘izistondan importi esa 428,1 mln dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonning Qirg‘izistonga eksporti tarkibida sanoat tovarlari asosiy ulushni — 32,2 foizni tashkil etdi. Boshqa tovarlar ulushi 12,2 foizga, mashina va transport uskunalari 11,1 foizga, xizmatlar esa 6,5 foizga teng bo‘ldi.

Qirg‘izistondan import tarkibining asosiy qismini nooziq-ovqat xomashyosi — 45,1 foiz tashkil etdi. Mineral yoqilg‘ining ulushi 26 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 13,8 foizga, xizmatlar esa 1,8 foizga yetdi.

Investitsiyaviy hamkorlik

2026 yil iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Qirg‘iziston kapitali ishtirokidagi 374 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

2016–2025 yillarda Qirg‘izistondan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy hajmi 347,2 mln dollarni tashkil etdi.

Faqat 2025 yilning o‘zida Qirg‘izistondan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 196,6 mln dollarga yetdi.

Shu tariqa, ikki davlat o‘rtasidagi erkin savdo rejimi, investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish hamda ikki tomonlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risidagi bitimlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos yaratmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar