2022 yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 4 452,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 33,4 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 50,5 foizi xorijiy investitsiyalar, 13 foizi davlat byudjeti va 4 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 73,5 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 26,5 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 32 foizi (1 429,3 mlrd so‘m) Forish tumaniga, 23 foizi (1 042,6 mlrd so‘m) Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish