2022 yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 1804,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 41,7 foizi tashkilotlar mablag‘lari, 40 foizi xorijiy investitsiyalar, 8 foizi aholi mablag‘lari, 8 foizi turli fondlar mablag‘lari va 2 foizi respublika byudjeti hisobiga to‘g‘ri keladi.
O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning 9 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, 9 foizi hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va 81 foizi kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, asbob-uskunalar va inventarlar 62,3 foizni, qurilish-montaj ishlari 27,7 foizni, boshqa xarajatlar 10 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 28 foizi (512,3 mlrd so‘m) Forish tumaniga, 21 foizi (373,2 mlrd so‘m) Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish