Ipoteka kreditlari ajratuvchi banklarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qilindi

Ipoteka kreditlari ajratuvchi banklarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida vazirlikning resurs mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari ajratuvchi tijorat banklarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Ipak yo‘li banki” AITB va ATB «Kapitalbank» murojaatlari asosida mazkur tijorat banklar ro‘yxatdan chiqarilgan va ular bilan tuzilgan bosh bitimlar va depozit shartnomalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.

Demak, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi pul mablag‘lari joylashtiriladigan tijorat banklari quyidagilar:

1. "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki
100000, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uy
1233, +99878-150-11-22
2. «Asakabank» aksiyadorlik jamiyati
100015, Toshkent shaxri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 67-uy
1152, +99871-200-55-22
3. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
100084, Toshkent shaxri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 101
+99878-148-00-10, +99878-147-15-04
4. "O‘zbekiston sanoat-qurilish banki" aksiyadorlik tijorat banki
100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
+99871-200-43-43
5. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki
100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 46-uy
+99871-210-20-02
6. Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"
100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 4-uy
+99871-230-77-77
7. "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat banki
100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A-uy
1254, +99878-150-00-55,+99878-150-10-01
8. "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki
100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy
1285, +99871-202-99-99
9. "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki
100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 43-uy
1216, +99871-203-88-88
10. "Turonbank" aksiyadorlik tijorat banki
100011, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Abay ko‘chasi, 4a
1220, +99895-144-60-00
11. Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki
170119, Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasi, 85
1256, +99878-150-91-22
12. "Oriyent Finans Bank" xususiy aksiyadorlik tijorat banki
100052, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 5
+99871-200-88-99
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF–5886-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Aholiga ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish konsepsisi”ga asosan belgilangan muvofiqlik mezonlariga javob beruvchi yuqoridagi 12 ta bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida joylashgan barcha filiallariga Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin.
2021 yil 1 sentyabr holatiga yangi tartib asosida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari summasi 2 trln. 495 mlrd. so‘mni tashkil qilib, ajratilgan kreditlarning asosiy ulushi Ipoteka bank, Qishloq qurilish bank va O‘zmilliybank hissalariga to‘g‘ri kelgan.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar