Iyul oyidan Volkswagen avtomobillari O‘zbekiston bozorida ham sotiladi
«Jizzax Avtomobil Zavodi» MChJ kompaniyasi bazasida zavodning qurilish ishlari yakunlanyapti.
2020 yilning mart oyida «O‘zavtosanoat» AJ va «Folksvagen Grup Rus» konserni o‘rtasida «Jizzax Avtomobil Zavodi» MChJ kompaniyasi bazasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolangan edi.
«O‘zavtosanoat» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunda 45 gektar maydonda joylashgan zavodning qurilish ishlari yakuniy bosqichida turibdi. Zavod va ofisning asosiy qismi binolari bitkazildi va foydalanish uchun tayyor.
Volkswagen Caddy rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish