Jahon banki COVID-19 pandemiyasiga qaramay, O‘zbekistondagi bozor islohotlarining davom etishini olqishlaydi.
Bu haqda Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berdening O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi yakunlari bo‘yicha chop etilgan maqolasida aytilgan.
Ta’kidlanishicha, Bank 2022-2025 yillarda O‘zbekiston bilan yangi besh yillik Sheriklik dasturi doirasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Amaldagi dastur ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarni qamrab olgan umumiy qiymati $4,3 milliardlik 24 ta loyihani o‘z ichiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon banki pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish maqsadida O‘zbekistonga birinchilardan bo‘lib yordam ko‘rsatdi. Birgina o‘tgan yilda $1,6 milliardlik loyihalar ma’qullandi.
Bundan tashqari, Bank ekspertlari maslahat-texnik ko‘mak ko‘rsatmoqda, davlat korxonalarini transformatsiya qilish, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiya qilish, elektr energetikasining barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishda ishtirok etmoqda. Muqobil energiya manbalarini joriy qilish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi.
Izoh qoldirish