Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 2022 yil yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra 1 466,6 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,6 ming kishiga yoki 102,2% ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 688,4 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 46,9%), qishloq aholisi soni 778,2 ming kishi (53,1%)ni tashkil etdi.
Viloyat hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2022 yil 1 oktyabr holatida eng ko‘p aholi soni Sh.Rashidov tumanida 235,2 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 16%ni) va Jizzax shahrida 190,6 ming kishini (12%), aksincha eng kam aholi soni Yangiobod tumanida 29,2 ming kishini (2%) va Arnasoy 47,8 ming kishi (3,3%)ni tashkil etdi.
Tug‘ilgan chaqaloqlar soni 29 802 kishi, shundan eng ko‘p tug‘ilishlar Sh.Rashidov tumanida 4 861 (har ming kishiga tug‘ilish koeffitsiyenti – 21 promille) va Jizzax shahrida 4 358 (23), aksincha, eng kam tug‘ilishlar Yangiobod tumanida 477 (16) va Arnasoy tumanida 822 (17)ni tashkil etdi.
2022 yil yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra 5 194 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har ming kishiga o‘lim koeffitsiyenti 4 promilleni tashkil etdi.
Eng yuqori ko‘rsatkich Zomin tumanida (5 promille), aksincha, eng kam (3 promille) Jizzax shahri, Arnasoy, Sh.Rashidov, Do‘stlik, Zafarobod, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish tumanlarida kuzatildi.
Qayd etilgan nikohlar soni 8536 ta, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,3%ga kamaydi. Ajrimlar soni 1 321 tani tashkil etib, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 46,8%ga oshgan.
Eng ko‘p ajrimlar Jizzax shahrida 209 ta va Sh.Rashidov tumanida 177 ta, aksincha, eng kam ajrimlar Yangiobod tumanida 23 ta va Arnasoy tumanida 38 tani tashkil etdi.
Izoh qoldirish