2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 732,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,7%ga oshdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 420,2 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 7,3%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 133,2%ga o‘sdi), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 5 312,5 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 92,7%ni (o‘sish sur’ati 102,9%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 455,1 mlrd. so‘mni, shu jumladan kichik tadbirkorlikdagi ulushi 25,4%ni (o‘sish sur’ati 100,9%) tashkil etdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi 2 473,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 104,7%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 194,4 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 7,9%ni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48,3%ga kamaygan), kichik biznes va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 2 279 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 92,1%ni (o‘sish sur’ati 116,3%) tashkil etdi.
O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 853,4 ming so‘mni (2022 yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan 102,4%) tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Jizzax shahrida 6 940,3 ming so‘m, Paxtakor tumani 5 543,6 ming so‘m hamda Do‘stlik tumani 4 038,2 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Zafarobod tumanida 2 376,9 ming so‘m va Yangiobod tumanida 2701 ming so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish