2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6 912,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2%ga oshdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 391,6 mlrd so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 5,7%ni (o‘sish sur’ati 99,8%), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 4 781,1 mlrd so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 94,3%ni (o‘sish sur’ati 107%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 739,7 mlrd so‘mni, kichik biznesdagi ulushi 36,4%ni (o‘sish sur’ati 112,4%) tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasining yuqori o‘sish sur’atlari Sh.Rashidov (110,9%), G‘allaorol (109,7%), Baxmal (109%) tumanlarida va Jizzax shahrida (108,9%) kuzatildi.
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Jizzax shahri 24,6% bilan 1 613 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Eng quyi ulushni Yangiobod tumani 1,4% bilan 91,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi bo‘yicha Paxtakor (99,6%), Do‘stlik (99,4%), Zarbdor (99,3%) va Forish (99,1%) tumanlarining ulushi yuqori.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 5,7% ni tashkil etib, eng yuqori ulushlar Zomin (17%), Jizzax shahri (8,6%), G‘allaorol (3,3%), Sh.Rashidov (1,6%) tumanlariga to‘g‘ri keldi.
O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 550,9 ming so‘mni (2023 yilning mos davriga nisbatan 105,9%) tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Jizzax shahrida 8 171,7 ming so‘m, Paxtakor tumanida 4 979,7 ming so‘m hamda Do‘stlik tumanida 4 614,6 ming so‘mni tashkil etdi.
Uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 739,7 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 112,4%) tashkil etdi. Jumladan, uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 935,8 mlrd so‘mni (140,7%), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarining savdo aylanmasi hajmi 899,9 mlrd so‘mni tashkil etdi (113,9%).
Ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 3 745,8 mlrd so‘mga yetdi. 2023 yilning mos davriga nisbatan 11% ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 90,4% ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik su’yektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi 9 288,7 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112% ni tashkil etdi. Shuningdek, yirik korxonalar savdo hajmi 5 961,2 mlrd so‘m (o‘sish sur’ati – 4,7 m.), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik su’yektlari savdo hajmi – 3 327,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati – 47,4%) tashkil qildi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi 3 240,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 44,3%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 414,9 mlrd so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 12,8%ni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobarga oshgan), kichik biznes va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 2 825,7 mlrd so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 87,2%ni tashkil etdi (40,3% ga oshdi).
Saibov Farrux Farxodovich
Izoh qoldirish