2023 yil yanvar-iyun holatiga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 9 669,6 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 124,1%), Axborot va aloqa 7 214,2 ming so‘m (168,0%), Tashish va saqlash 4 733,6 ming so‘m (147,2%), Qurilish 4 055,4 ming so‘m (215,9%) va Sanoat 3 679,0 ming so‘mni (131,4%) tashkil etib, past ko‘rsatkichlar Savdo 2 773,8 ming so‘m (95,0%), Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 2 860,5 ming so‘m (124,2%), Ta’lim 2 865,7 ming so‘mni (118,6%) tashkil etdi.
Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (5 769,3 ming so‘m), ishlab chiqarish sanoati (3 348,3) hamda eng past ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (1 084,1) va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i (2 067,1)da kuzatildi.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Zafarobod (6 925,4 ming so‘m), G‘allaorol (6 442,0), Zarbdor (3 837,1), Forish (3 647,8) tumanlarida kuzatildi.
Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Zomin (4 894,8 ming so‘m), Mirzacho‘l (3 224,1), Jizzax shahri (2 968,6) hamda G‘allaorol (2 056,0)da qayd etildi.
Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Baxmal (2 870,9 ming so‘m), Jizzax shahri (2 787,7), Do‘stlik (2 673,8), Sh.Rashidov (2 146,7) tumanlarida qayd etildi.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi G‘allaorol (8 715,9) hamda Jizzax shahri (2 051,2)da kuzatildi.
Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (7 544,9 ming so‘m), G‘allaorol (4 235,8), Forish (3 722,0), Zarbdor (2 500,0) hamda Zomin (2 457,2) tumanlarida kuzatildi.
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (9 782,1), Yangiobod (8 345,4) hamda Do‘stlik (3 199,5) tumanlarida kuzatildi.
Ta’lim sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (3 899,9 ming so‘m), Zarbdor (3 119,5), Baxmal (3 073,5) tumanlarida kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (3 150,1 ming so‘m), Paxtakor (3 109,1), Zafarobod (3 104,5), Zomin (3 015,5) tumanlarida kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning ba’zi tumanlari ta’lim sohasidagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi viloyat darajasidan past bo‘ldi. Forish (2 331,4), Yangiobod (2 461,8), Zarbdor (2 473,0) hamda Baxmal (2 473,6 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Izoh qoldirish