2024 yil 1-iyul holatiga Jizzax viloyati tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 10 992,1 ming so‘m, Axborot va aloqa 8 266,7 ming so‘m, Tashish va saqlash 7 332,8 ming so‘m sohalariga, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari Savdo 5 898,6 va Sanoat 4 579,2 ming so‘mni tashkil etib, nisbatan past ko‘rsatkich 4506,2 ming so‘m bo‘lib Qurilish sohasiga, eng past ko‘rsatkichlar Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 3 091,2 hamda Ta’lim 3 221,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori o‘sish darajasi – Savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 210,5% ni tashkil etdi. Jumladan, Tashish va saqlash 154,9%, Sanoat 124,4%, nisbatan yuqori o‘sish darajasi Axborot va aloqa 114,6%, Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 113,7%, Ta’lim 112,4%, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 108,1% va Qurilish 106,5% o‘sganligini ko‘rish mumkin.
Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (6 549), ishlab chiqarish sanoati (4 410), eng past ko‘rsatkichlari tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (1 698,6) va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i (2 364,4)da kuzatildi.
Hududlar kesimida sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi G‘allaorol (8 121,5), Zafarobod (7 946,4), Jizzax shahrida (4 213,4) hamda Zarbdor (4 171,5) tumanida kuzatildi.
Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Paxtakor (7 154,7), Zomin (5 070,4) tumanlarida hamda Jizzax shahri (5 045,7)da qayd etildi.
Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (6 455,1), eng past ko‘rsatkichi Baxmal tumani (1 653,2)da qayd etildi.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi G‘allaorol (11 024,5), Jizzax shahrida bo‘lsa 2 946,6 ni tashkil etdi.
Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (8 686,4), G‘allaorol (3 873), nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar Forish (3 193,4), Zarbdor (3 000) hamda Paxtakor (2 746,7).
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Jizzax shahri (11 002,4) va Yangiobod (10 415,9) tumanida kuzatildi.
Ta’lim sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (4 426), Zarbdor (3 644,7), Baxmal (3 347,4) tumanlarida kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Arnasoy (3 932,2), Zomin (3 428,4), Paxtakor (3 311) tumanlarida kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning Forish (2 632,1), Zarbdor (2 654,8), Do‘stlik (2 743,8) hamda G‘allaorol (2 776) tumanlarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi viloyat darajasidan past bo‘ldi.
Pulatov Elyor Sultanovich
Izoh qoldirish