2022 yilning yanvar-iyun oylarida jami 5 153,4 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 107,1% ni (8-o‘rin), respublikadagi ulushi 2,1% ni (13-o‘rin) tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari G‘allaorol (202,3%), Zafarobod (141,5%), va Forish (113%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Do‘stlik tumanida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.
Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 65 foizi Jizzax shahri (29,3%), G‘allaorol (20,4%) va Zafarobod (15,4%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 15,9% ni tashkil etib, 2021 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,1 punktga o‘sdi.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 3,6 mln.so‘mni (10-o‘rin), o‘sish sur’atlari 104,7% ni (7-o‘rin) tashkil etdi.
Zafarobod tumani (15,3 mln.so‘m) Jizzax shahri (8,0 mln.so‘m) va G‘allaorol (5,8 mln.so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Baxmal (0,27 mln.so‘m), Zomin (0,92 mln.so‘m) va Sharof Rashidov (1,1 mln.so‘m) va tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Jami sanoat mahsulotlarining 94,2% qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tog‘-kon sanoati ulushi - 1,5%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim xosil qilish ulushi – 3,5%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,8%ni tashkil etdi.
Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (32%), avtotransport vositalari, treyerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (20%), boshqa nometall meniral mahsulotlar ishlab chiqarish (15%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (13%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 4 248 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 18,5%ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish