Infografika: Jizzax viloyatida 2022 yil davomida hokim yordamchilari faoliyati

Infografika: Jizzax viloyatida 2022 yil davomida hokim yordamchilari faoliyati

Jizzax viloyatidagi jami 302 ta mahallalarning barchasiga tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari (hokim yordamchilari) tayinlangan. Hokim yordamchilarining 295 tasi erkak kishilar bo‘lsa, 7 tasi xotin-qizlardan iborat.

Hokim yordamchilari tomonidan 2022 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

242,8 ming xonadon xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar ijtimoiy va moliyaviy holatiga ko‘ra 4 guruhga bo‘lindi. 1-guruh - daromad topishga ishtiyoqmand va daromadi kam (12,0 mingta xonadon), 2-guruh – daromadi bor, lekin ko‘paytirish istagi mavjud (144,4 ming), 3-guruh – boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj (13,2 ming) va 4-guruh – o‘ziga to‘q va yashash sharoiti yaxshi (73,2 ming) xonadonlar toifalariga bo‘lindi.

Hokim yordamchilari ishtirokida 173,9 ming nafar kishi ish bilan ta’minlandi, ularning 45 foizi o‘z-o‘zini band qilish bilan, 39 foizi doimiy ish joyi va 5 foizi jamoat ishlariga joylashdi.

2 854 nafar ijtimoiy muhtoj aholiga 9,7 mlrd so‘m mablag‘ subsidiya shaklida ajratildi.

449 km yo‘llarda asfalt, 1 094 km yo‘llarda shag‘alashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

265 ta mahallalarda 1 14,8 mlrd. so‘mli ichimlik suvi, elektr ta’minotiga bog‘liq loyihalar amalga oshirildi. (IZOH: Byudjet mablag‘lari, ta’minotchi korxonalar, open byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan).

Hisobot davrida 7 833 ta tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilib, ularning 4 529 tasi yuridik maqomga ega, 3 304 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 23 645 ta xonadonga 525,4 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi.

Ishga tushgan jami loyihalar 1 445 ta bo‘lib, 393,7 mlrd.so‘m o‘zlashtirildi, 5 344 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2023 yilda loyihalar sonini 1 800 taga yetkazish va 7 500 ta ish o‘rinlari yaratish reja qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 apreldagi 33-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 50 dona inkubator, 399,3 ming bosh xonaki tovuq va 4 477 ta asalari uyasi tarqatildi.

Feruz Rahimov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar