Jizzax viloyatida 2022 yilgi davlat investitsiya dasturi ijrosi hamda 2023 yil rejalari

Jizzax viloyatida 2022 yilgi davlat investitsiya dasturi ijrosi hamda 2023 yil rejalari

Hududiy investitsiya loyihalari

Jizzax viloyatida 2022 yilda 4,8 trln. so‘mlik 423 ta loyihalar ishga tushirilishi va ular doirasida 7 261 nafar ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Yil yakuni bilan umumiy qiymati 2,8 trln. so‘mlik 572 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilib, 7 371 nafar yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Xususan:

1. Jizzax shahridagi “Quwwat Group” MChJ tomonidan termo oynalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida 37 nafar yangi ish o‘rni va 1 mln. dona mahsulotlar ishlab chiqarish quvvati yaratildi.

2. Jizzax shahridagi “Jizzax tekstil” MChJ tomonidan bo‘yalgan mato ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida 42 nafar yangi ish o‘rni va 1,2 ming tonna mahsulotlar ishlab chiqarish quvvati yaratildi.

Yirik investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi

2022 yilda umumiy qiymati 363,6 mln. dollar bo‘lgan 11 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi va 1 956 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan,

1. Forish tumanidagi “Ecobasalt Group” MChJ tomonidan bazaltdan kompozit quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish (54,3mln dollar, 69nafar yangi ishchi o‘rni);

2. “Mega invest industrial” MChJ QK tomonidan bazalt tolasini ishlab chiqarishni kengaytirish (12,3mln dollar, 192nafar yangi ishchi o‘rni);

3. Jizzax shahridagi “Iruskon” MChJ tomonidan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (15mln dollar, 120nafar yangi ishchi o‘rni);

4. “Trans Logistics” MChJ tomonidan asfalt ishlab chiqarish va maxsus texnikalar xizmati tashkil etish (4mln dollar, 14nafar yangi ishchi o‘rni);

5. Do‘stlik tumanidagi “Sangzor tekstil” MChJ tomonidan paxta tozalash korxonasini modernizatsiya qilish (1,1mln dollar, 759nafar yangi ishchi o‘rni).

6. Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax industrial to‘qima” MChJ tomonidan ip-kalava va ip yigiruv sexini tashkil etish (10,5mln dollar, 455nafar yangi ishchi o‘rni);

7. Baxmal tumanidagi “Bmb-Opera-Zafferano” MChJ QK tomonidan za’faron (shafran) yetishtirishni tashkil etish (28,6mln dollar, 50nafar yangi ishchi o‘rni);

8. Forish tumanidagi “Diabaz Mineral Wool” MChJ tomonidan bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish tashkil (28,6mln dollar, 150nafar yangi ishchi o‘rni).

Xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-72-sonli qaroriga asosan viloyatda 2022 yilda 394,6 mln. dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi belgilangan.

Yil yakuni bilan jami 414 mln. dollar o‘zlashtirildi va belgilangan prognoz ijrosi 105 foizga bajarildi.

O‘zlashtirilgan mablag‘larning asosiy qismi quyidagi loyihalar hissasiga to‘g‘ri keladi:

1. Forish tumanidagi “Goldfiber pro” MChJ tomonidan bazalt tola (direkt-roving) ishlab chiqarish loyihasida 53,4 mln. dollar;

2. “Jizzax sement” MChJ QK tomonidan sement ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida 50 mln. dollar;

3. Sharof Rashidov tumanidagi “Bmb-Nrc-Agrologistics” MChJ QK tomonidan logistika markazi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qadoqlashni tashkil etish loyihasida 20,8 mln. dollar.

2023 yil rejalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-459-sonli qaroriga asosan viloyatda 2023 yilda 453,4 mln. dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi belgilangan.

Qarorga asosan 2023 yilda umumiy qiymati 699,3 mln. dollar bo‘lgan 10 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi va 1 930 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Hududiy dasturga asosan 2023 yilda 8,8 trln. so‘mlik 365 ta loyihalar ishga tushirilishi va ular doirasida 7 904 nafar ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Saibov Farrux Farxodovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Sirdaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi
Telefon: 93- 306-52-42
E-mail: f.saibov@cerr.uz

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar