Hisobot davrida viloyatda 5 026,3 mlrd.so‘mlik chakana savdo amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,1 foizni (o‘sish sur’ati respublikada 1-o‘rinda), respublika chakana savdo aylanmachidagi ulushi 3,7 foizni (12-o‘rin) tashkil etgan.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Baxmal (145,9%), Mirzacho‘l (110,5%) tumanlari va Jizzax shahrida (110,9%) qayd etildi.
Viloyat chakana savdo aylanmasining asosiy qismi (61,3%) Jizzax shahri (26,4%), Baxmal (20,0%) va Sharof Rashidov (14,8%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yangiobod (0,9%), Zafarobod (1,4%) va Arnasoy (1,8%) tumanlarining umumiy ulushi 2 foizdan ham past.
Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 868,0 mlrd. so‘mni (+49,8%), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 4 158,3 mlrd. so‘mni (+9,8%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 874,0 mlrd. so‘mni (+17,4%) tashkil etdi.
Jami chakana savdoda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 82,7%, yirik korxonalar ulushi 17,3% va uyushmagan savdo ulushi 17,4%ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi hajmi 3 465 ming.so‘mni (5-o‘rin), o‘sish sur’atlari 112,5%ni (2-o‘rin) tashkil etdi.
Jizzax shahri (7 065,3 ming.so‘m), Baxmal (6 137,9 ming.so‘m) va Zomin (3 825,8 ming.so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi eng yuqori, Zafarobod (1 382,3 ming.so‘m), Yangiobod (1 533,5 ming.so‘m) va Forish (1 596,0 ming.so‘m) tumanlarida eng quyi ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
2022 yil 1 iyul holatiga viloyatda 66 ta yirik chakana savdo korxonalari .2 201 ta kichik biznes sub’yektlari, 4 237 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari va 5 733 ta savdo rastalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish