Jizzax viloyatining 2022 yil uchun mahalliy byudjet xarajatlari 2 551,8 mlrd. so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu xarajatlarning 68 foizi (1 727,2 mlrd. so‘m) viloyat mahalliy byudjeti daromadlari hisobidan, 32 foizi (824,6 mlrd. so‘m) esa respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan.
2022 yilda Yalpi hududiy mahsulot 24 trln. so‘m bo‘lishi reja qilinib, 2021 yilga nisbatan 6,8 foizga o‘sishi ko‘rsatib o‘tilgan. YaHM 2023 yilda 6 foizga va 2024 yilda 6,1 foizga o‘sishi mo‘ljallangan.
Viloyatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblangan sanoat sohasining o‘sish sur’ati 2022 yilda 107,4%, qishloq xo‘jaligi sohasining o‘sish sur’ati 103,5% hamda chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 119,3% bo‘lishi rejalashtirilgan.
Viloyat byudjetining daromad qismi yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (qisman), davlat bojlari, jarimalar, yig‘imlar, mobil aloqa xizmati, alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘idan tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobidan shakllanadi.
2022 yilda viloyat byudjetidan tashkilot va muassalarga taqsimlangan mablag‘lar miqdori 976,4 mlrd. so‘mni tashkil qiladi. Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar – Davlat hokimiyat organlari (tashkilot va muassalar uchun taqsimlangan mablag‘larning 30,3%i), Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (28,2%), Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (28,2%), Xalq ta’limi boshqarmasi (6,6%), Turizm va sport boshqarmasi (2,8%), Madaniyat boshqamasi (2,6%) hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar bo‘yicha (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar tumanlar kesimida ham tasdiqlangan. Jumladan, Arnasoy, Zafarobod, Mirzacho‘l, Forish va Yangiobod tumanlarida 1 kv. metr uchun 260 so‘m sifatida 1 koeffitsiyent belgilangan bo‘lib, Zomin tumanida 1,03, G‘allaorol tumanida 1,1 koeffitsent, Jizzax shahrida esa eng ko‘p 1,65 koeffitsiyent belgilangan.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar ham Arnasoy, Zafarobod, Mirzacho‘l, Forish va Yangiobod tumanlarida 1 ga yer maydoni uchun 29 ming so‘m belgilanib, eng ko‘p Jizzax shahri uchun 1,25 (36,3 ming so‘m) koeffitsiyent belgilangan.
Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali Bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish