Jizzax viloyatining 2023 yil 9 oylik bajarilgan qurilish ishlari tahlil qilindi

Jizzax viloyatining 2023 yil 9 oylik  bajarilgan  qurilish ishlari   tahlil qilindi

O‘tgan to‘qqiz oy davomida Jizzax viloyatida jami qurilish ishlari hajmi 2845,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 105% ga oshdi. Qurilish ishlari yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi 12,3% ni tashkil etdi. Qurilish sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ishchi xodimlarning 2023 yil 3-choragida o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln.so‘mni tashkil etdi.

Qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlarning 74% qismi kichik va mikrokorxonalar tomonidan, 6% - yirik korxonalar va 20% - norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan.

Jizzax viloyatida amalga oshirilgan jami qurilish ishlarining 45% qismi Jizzax shahrida, 17% - Sh.Rashidov tumanida, 8% - Zomin tumanida amalga oshirilgan. Qurilish ishlari eng kam Yangiobod, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida amalga oshirilgan.

Jizzax viloyatida jami 1552 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritib, ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 28%ga kamaygan. Qurilish korxonalarining 83% qismi bino va inshoatlar qurilishi, 11% - fuqarolik ob’yektlari va 7% - ixtisoslashtirilgan qurilish ob’yektlari qurilishi bilan shug‘ullanishadi. Qurilish firmalarining aksariyati Jizzax shahri (39%), Sh.Rashidov (15%) tumanida joylashgan. Yangiobod (1%), Zafarobod (2%) va Arnasoy (3%) tumanlari qurilish firmalari soni eng kam hududlar hisoblanadi.

Feruz Raximov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar