Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Loyiha «Taraqqiyot strategiyasi markazi» hamda «Yuksalish» UMHning maxsus saytlariga joylashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti grantini ajratish tartibini ishlab chiqishi belgilangan.

Ushbu maqsadda, OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni nazarda tutuvchi yagona elektron reyestrni shakllantiriladi.

Prezident grantini yutgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasini to‘lanadi.

Lekin, o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

Bundan tashqari, magistratura va doktoranturada o‘qiyotgan iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident davlat stipendiyasi kvotalari sonini kamida ikki barobarga oshiriladi.

O‘zbekistondagi xorijiy va qo‘shma oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar