Maktab bitiruvchisi Doniyor Shukurjonov MUN global muammolar to‘g‘risidagi onlayn konfrensiyasida o‘z taqdimoti bilan ishtirok etib, kontrakt to‘lovi uchun 1000 yevro sohibi bo‘ldi.
Namangan viloyati Chust tumanidagi 49-IDUMning 11-sinf bitiruvchisi Doniyor Shukurjonov birdaniga 7 ta — Saint Xavier University, University of Maine, New England College, Mitchell College, American International College, Millikin University, Webster University oliygohlari talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.
Shuningdek, MUN global muammolar to‘g‘risidagi onlayn konfrensiyasida o‘z taqdimoti bilan ishtirok etib, kontrakt to‘lovi uchun 1000 yevro sohibi bo‘ldi. Qolaversa, Flex — Language Exchange Programning final bosqichi natijalarini kutmoqda.
Izoh qoldirish