«Shubhali» soliq to‘lovchilar soni 500 dan oshdi

«Shubhali» soliq to‘lovchilar soni 500 dan oshdi

Dastlabki aniqlangan 396 ta "shubhali" korxona qatoriga yana 129 ta korxona qo‘shildi.

“Obnal firma”larning to‘liq ro‘yxati.

Davlat soliq qo‘mitasi avvalroq qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirish hamda “halol” tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, soliqlarni to‘lashdan qochishning turli yo‘llaridan foydalangan 396 ta «Shubhali» korxonalar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Mutaxasssislar tomonidan olib borilgan tahlillar natijasida shubhali tadbirkorlik sub’yektlari soni bundan ham ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Tahlika-tahlil dasturi orqali olib borilgan tahlillar yakuniy natijalariga ko‘ra, dastlabki aniqlangan 396 ta shubhali korxona qatoriga yana 129 ta korxona qo‘shilib, ular soni 525 taga yetdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu shubhali korxonalar kontragentlarining shaxsiy kabinetlari orqali asossiz hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga tuzatish kiritishlari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati taqdimnomada keltirilgan 18,8 mlrd. so‘mlik holatdan 530 mln. so‘mlik shartnomalarida (ya’ni 2,8% qismi) bitim tuzgan mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar to‘lashlari lozim bo‘lgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lamaganliklari aniqlangani haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” DSQning “obnal firma”lar bilan “soxta” bitim tuzgan degan xabariga raddiya berdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar