Ko‘p viloyatlar hokimlari yoshlar bilan ishlashni paxta ekish, g‘alla ekishdek deb o‘ylayapti – Shavkat Mirziyoyev

Ko‘p viloyatlar hokimlari yoshlar bilan ishlashni paxta ekish, g‘alla ekishdek deb o‘ylayapti – Shavkat Mirziyoyev

Ayni vaqtda Prezident ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha videdoselektor bo‘lib o‘tmoqda.

«Joylardagi tuman, shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining dunyoqarashi o‘zgarmayapti. Yoshlar masalasi qanday muhim ekanini tushunmayapti. Yoshlarimizga yordam berib, yelkadosh bo‘lishni xohlamayapti. Nega ayni shu mavzuda yil davomida 2 ta selektor o‘tkazdim? Chunki, men ishlarning borishidan mutlaqo noroziman. Joylarda saviya yo‘q. Yoshlar bizdan 10-20 martalab ilgarilab ketgan. Hozirgi zamonga munosib ish qilolmayapmiz. Birorta tashabbus yo‘q. Ko‘p viloyatlar hokimlari bu (yoshlar bilan ishlash) paxta ekish, g‘alla ekishdek deb o‘ylayapti», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha sust ishlanayotganini tanqid qildi.

«1+1» dasturi doirasida 100 ming nafar yoshlarni o‘qitib, keyin ularga imtiyozli kredit ajratish topshirig‘i berilgan, biroq 3 oyda faqat 21 ming yosh o‘qitilgan.

Yig‘ilish davomida ayrim rahbarlarga qat’iy ogohlantirish berildi.

«Yoshlar bilan ishlashni munosib tashkil qilmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulug‘nor tumani hokimi Maxsudov, Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari esa yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani, Xo‘jayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari esa yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etiladi», dedi davlat rahbari.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar