“Lumidea Engineering” kompaniyasi korxonalariga 100 nafargacha O‘zbekiston fuqarolari ishlashga yuborilishi ko‘rib chiqilmoqda

“Lumidea Engineering” kompaniyasi korxonalariga 100 nafargacha O‘zbekiston fuqarolari ishlashga yuborilishi ko‘rib chiqilmoqda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Germaniyaning “Lumidea Engineering” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Germaniya va Niderlandiya bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari, O‘zbekiston fuqarolarini ushbu davlatlarga ishga jalb qilish tartibi, “Lumidea Engineering” kompaniyasida yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

"Lumidea Engineering” kompaniyasi rahbari Eshref Ozshaxin “Lumidea Engineering” kompaniyasining Germaniya va Niderlandiyada joylashgan korxonalariga 100 nafargacha O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasi bo‘yicha ishga yollash ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, qurilish sohasida ishga yollangan O‘zbekiston fuqarolarining o‘rtacha oylik maoshi, ishga ketish uchun aviachiptalar, mehnat shartnomasi tuzish, uy-joy va sog‘liqni saqlash sug‘urtasi bilan ta’minlanishi haqida ma’lumot berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar