Markaziy bank obligatsiyalarining muomalaga chiqarilish kalendarini e’lon qildi

Markaziy bank obligatsiyalarining muomalaga chiqarilish kalendarini e’lon qildi

Markaziy bank obligatsiyalari 2021 yilning II choragi davomida muommilaga chiqariladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank tizimi likvidligini samarali tartibga solish, to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, pul bozoridagi foiz stavkalarining belgilangan parametrlarda bo‘lishiga erishish maqsadida doimiy tarzda pul bozorida likvidlik berish va likvidlikni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2020 yilning yanvar oyidan boshlab bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni qisqa muddatlarga jalb qilish hamda tijorat banklarida garov bazasini shakllantirish maqsadida, Markaziy bank obligatsiyalari muntazam ravishda muomalaga chiqarilmoqda. Hozirgi kunga kelib, Markaziy bank obligatsiyalari pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biriga aylangan”, deyiladi xabarda.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, pul bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalarning shaffofligini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank obligatsiyalarining belgilangan kalendar asosida muomalaga chiqarilish amaliyoti joriy qilindi. Bu, o‘z navbatida, tijorat banklariga likvidlikni oldindan prognoz qilish va boshqarishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Markaziy bank obligatsiyalari 2021 yilning II choragi davomida quyida keltirilgan jadval asosida muomalaga chiqariladi.

Jadval:

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar