Markaziy bank: “OSON” elektron pullar tizimi reyestrga kiritildi

Markaziy bank: “OSON” elektron pullar tizimi reyestrga kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” talablariga muvofiq, to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan “Brio Group” MChJ “OSON” elektron pullar tizimining operatori sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur elektron pullar tizimining emitenti bo‘lib “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banki hisoblanadi.

Elektron pullar tizimi to‘g‘risidagi ma’lumot joriy yilning 16 iyun kuni Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilganligi ma’lum qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar