Moliya vazirligi va Markaziy bank 300 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtiradi

Moliya vazirligi va Markaziy bank 300 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtiradi

Moliya vazirligi va Markaziy bank 20 yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston valyuta birjasida davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot ximati xabar bermoqda.

Davlat qimmatli qog‘ozlari qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari bo‘lib, bir dona majburiyatning nominal qiymati 1 million so‘m.

Chiqarilish hajmi 300 milliard so‘m bo‘lib, muomala davri 273 kun.

So‘ndirish sanasi — 2020 yil 19 oktyabr. Majburiyat bo‘yicha daromad turi diskont bo‘lib, daromadlilik sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farqdan iborat.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar