O‘zbekistonda 2020 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozi 12 - 13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu Markaziy bank ma’lumotida ko‘rsatib o‘tilgan.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning so‘zlariga ko‘ra, yil davomidagi inflyasiya darajasi 15 foizgacha yetishi ehtimoli ham yo‘q emas.
«Bizda maqsadli va prognoz trayektoriyalar bor. Prognoz trayektoriyamiz biroz yuqoriroq, ayrim ssenariylar bo‘yicha 2020 yilda 14-15 foizgacha boryapti. Lekin bizning maqsadimiz – bu yil inflyasiyani 12 foizdan past darajada ushlab turish, 2021 yilda esa bir xonali songa olib tushish, 2023 yilga borib esa 5 foizlik targetga erishish.
Bu maqsadli rejalar qandaydir tashqi shok holatlari ro‘y bermasligi ehtimolidan kelib chiqib belgilangan. Qandaydir o‘zgarish bo‘lsa ham, bu qisqa muddatli og‘ish hisoblanadi va biz yana maqsadli trayektoriyaga qaytishga harakat qilamiz», – dedi Norqulov «O‘zbekiston 2020» dasturidagi chiqishi vaqtida.
Izoh qoldirish