O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Uzauto Motors kompaniyasida «Raqobat to‘g‘risida"gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Tekshiruv jarayonida, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi o‘rganildi.
Tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat tomonidan «Raqobat to‘g‘risida» qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, kompaniyaga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, Uzauto Motors kompaniyasiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi qarori qabul qilinganidan so‘ng natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Izoh qoldirish