Namangan viloyatining 2021 yilgi tashqi savdo aylanmasi

Namangan viloyatining 2021 yilgi tashqi savdo aylanmasi

2021 yilda Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 089,4 mln. dollarni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 24,7 foizga oshgan.

Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport hajmi 494,6 mln. dollarni (45,4%) va import hajmi 594,8 mln dollarni (54,6 %) tashkil qilgan. 2021 yilda tashqi savdo balansi -100,2 mln. dollarni tashkil etgan.

Namangan viloyatining 2010-2021 yillardagi tashqi savdosi tahlil qilinganda, eksport hajmida 2011 yilda sezilarli pasayish kuzatilgan. 2010-2021 yillar orasida umumiy ma’noda o‘sish kuzatilgan.

Import hajmida esa 2018 yilda o‘sish kuzatilgan bo‘lib, bu valyuta siyosatining liberallashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tashqi savdo balansida ijobiy saldo 2010 yilda kuzatilgan bo‘lib, 2018 yilda tashqi savdo balansining salbiy saldo hajmi eng yuqori darajaga chiqqanligi kuzatilgan.

Namangan shahri (36,9%), To‘raqo‘rg‘on (9,6%), Uychi (8,1%) va Kosonsoy tumanlari (6,9%) viloyat tashqi savdo aylanmasida eng ko‘p ulushga ega.

Uchqo‘rg‘on (3,6%), Chortoq (3,5) va Pop (3,04%) tumanlari esa 2021 yilda tashqi iqtisodiy faoliyatda nisbatan past ko‘rsatgichga ega ekanligi kuzatildi.

Namangan viloyati tumanlar kesimida eksport va import hajmi

Eksport hajmi bo‘yicha viloyatning eng yuqori ulushga ega hamkor davlatlari Rossiya (40,85%), Xitoy (15,28%), Qirg‘iziston (13,97%) Qozog‘iston (8,33%), Turkiya (8,10%) hisoblanadi.

Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi – 18,0%, xizmatlar sohasi – 2,9%, to‘qimachilik mahsulotlari – 1,8%, rangli va qora metallar– 0,8%, mashina va uskunalar – 2,0%, kimyoviy mahsulotlar ulushi – 1,8%, energetika va neft mahsulotlari – 0,2%, boshqa mahsulotlar – 74,3% ni tashkil qilgan.

Eksport tarkibida ulushi eng yuqori hududlar Namangan shahri (30,37%), To‘raqo‘rg‘on (16,37%), Uychi (8,98%), Kosonsoy (6,72%) tumanlari hisoblanadi. Namangan (4,44%), Pop (2,94%), Chortoq (1,72%) tumanlari ulushi eng past hududlar sanaladi.

Import hajmi bo‘yicha viloyatning eng yuqori ulushga ega hamkor davlatlari Xitoy (31,58%), Rossiya (17,30%), Qozog‘iston (11,29%), Turkiya (10,94%) hisoblanadi.

2021 yil davomida Namangan viloyatida amalga oshirilgan import hajmi 594,8 mln AQSh dollarini tashkil qilib, 2020 yilga nisbatan 20,6% ga oshgan.

Import tarkibidagi mashina va uskunalarning ulushi - 34,2%, rangli va qora metalllar – 10,6%, oziq-ovqat mahsulotlari – 18,4%, kimyoviy mahsulotlar – 17,9%, energetika va neft mahsulotlari – 2,4%, xizmatlar - 0,2%, boshqa mahsulotlar – 16,9%ni tashkil qilgan.

Import tarkibida ulushi eng yuqori hududlar - Namangan shahri (42,39%), Uychi (7,28%), Kosonsoy (7,09%), Chust (7,05%) tumanlari hisoblanadi. To‘raqo‘rg‘on (3,96%), Pop (3,13%) va Uchqo‘rg‘on (1,46%), tumanlari import ulushi eng past hududlar sanaladi.

Shoiraxon Nurdinova

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Namangan filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar