Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilda Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $1 380 mln.ni tashkil etgan. Xususan, eksport xajmi $558 mln. (tovarlar - $539 mln. , xizmatlar - $19 mln.) va import xajmi $822 mln. (tovarlar - $791 mln. , xizmatlar - $31 mln.) ni tashkil qilgan. Viloyatning umumiy tashqi savdo aylanmasi (TSA) hajmi 2022 yilning shu davriga nisbatan 7,8% (xususan, eksport – -4,4% (kamaygan), import – +18,2% (ko‘paygan))ga o‘sgan. Tashqi savdo balansida $263 mln. manfiy saldo qayd etilgan.
2023 yilda Namangan viloyati dunyoning 81 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. 2023 yil yanvar-dekabr oylarida MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi $690 mln.ni (50%) va dunyoning boshqa davlatlari bilan $600 mln.ni (50%) tashkil qilgan.
Mamlakatlar kesimida qaralganda, viloyat eksportida yuqori ulush Rossiya ($341 mln.), Xitoy ($47 mln.), Qirg‘iziston ($36 mln.), Qozog‘iston ($34 mln.) va Turkiya ($16 mln.) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, yuqori import ulushi Xitoy ($269 mln.), Rossiya ($112 mln.), Qozog‘iston ($65 mln.) va Turkiya ($63 mln.) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyat hududlari kesimida eksport hajmi bo‘yicha Namangan shahri ($197 mln.), To‘raqo‘rg‘on ($127 mln.) va Kosonsoy ($69 mln.) viloyatda yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Mahsulot importida Namangan shahri ($417 mln.), To‘raqo‘rg‘on ($62 mln.) va Norin ($59 mln.) tumanlari yuqori import ko‘rsatkichlarini qayd etgan.
Eksportga yo‘naltirilgan maxsulotlarning asosiy tarkibini (qimmatbaxo metallardan tashqari) sanoat maxsulotlari (49,6%), turli hil tayyor maxsulotlar (24,4%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (15,5%) tashkil etgan. Shuningdek, 2023 yilda viloyatda qiymati $309 mln.ni tashkil etuvchi 351 turdagi to‘qimachilik maxsulotlari dunyoning 42 ta davlatiga eksport qilingan (umumiy eksportning 55,3%).
Mashinalar va transport asbob uskunalari (30,6%), sanoat tovarlari (23,9%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (18,6%) importning asosiy qismini tashkil qilgan. Jumladan, import tarkibida mashinalar va transport asbob uskunalar hajmi $251mln.ni tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 12,6 ga ko‘paygan.
Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish