Namangan viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Namangan viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilning I choragida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $310 mln.ni shundan, eksport xajmi $130 mln. (tovarlar - $125 mln. , xizmatlar - $5 mln.) va import xajmi $180 mln. (tovarlar - $180 mln. , xizmatlar - $0 mln.) ni tashkil qilgan. Bu ko‘rstkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2% (eksport – 2,4%, import – 3,7%)ga o‘sganini ko‘rsatadi.

Xozirgi kunda, Namangan viloyati dunyoning 74 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. 2023 yil yanvar-mart oylarida MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi - $151 mln.ni (48,8%) va dunyoning boshqa davlatlari bilan $158 mln.ni (51,2%) tashkil qilgan. Mamlakatlar kesimida qaralganda, asosiy eksport ulushi Rossiya ($79 mln.), Qozog‘iston ($11 mln.), Xitoy ($9 mln.) va Qirg‘iziston ($7 mln.) davlatlari xissasiga, yuqori import ulushi esa Xitoy ($55 mln.), Rossiya ($22 mln.), Turkiya ($18 mln.) va Qozog‘iston ($16 mln.) davlatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan. Yuqoridagi keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2022 yilning mos davriga nisbatan, MDH davlatlari bilan 5.5%ga o‘sgan, boshqa davlatlar bilan esa 0.6%ga o‘sgan.

Viloyatning asosiy eksportyorlari soni 2023 yil I choragida 231 taga yetib, ular tomonidan eksportga yo‘naltirilgan maxsulotlarning asosiy tarkibini (qimmatbaxo metallardan tashqari) sanoat maxsulotlari (66,5%), xar hil tayyor maxsulotlar (32,9%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (14,5%) tashkil etgan. Shuningdek, qiymati $99 mln.li 56 turdagi to‘qimachilik maxsuloti dunyoning 21 ta davlatiga eksport qilingan (umumiy eksportning 76,5%). Mashinalar va transport asbob uskunalari (31,3%), sanoat tovarlari (23,5%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (16,9%) importning asosiy qismini tashkil qilgan.

Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy hodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar